8 997
Toshkentda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mutaxassisi pora sifatida 1000 dollar olayotganida qo‘lga olindi
Toshkentda bolaligidan boksga ixlos qo‘ygan va turli musobaqalar ishtirokchisiga aylangan yigit jarohat olib, ma’lum muddatga mashg‘ulotlarga qatnasholmay qoldi. U sportdan boshqa ishga ko‘nmagach, uning onasi sport sohasida ishlovchi odamga uchrashdi, deb xabar beradi «Huquq» nashri.
Sport sohasida ishlovchi odam boks bo‘yicha mutaxassis emasligini aytib, bu borada bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining mintaqaviy filiali mutaxassisi yordam bera olishini aytdi. Mutaxassis esa onaning ishonchiga kirib, o‘g‘lining hujjatlari bilan birga «xizmat haqi» ham olib kelishi kerakligini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng, mutaxassis boks federasiyasi ijrochi direktori bilan maslahatlashdi. Ijrochi direktor xodimlarni ishga olish va bo‘shatish bilan shug‘ullanmasligi, shuningdek, federasiyada saylanish orqali ishga tayinlangan bor-yo‘g‘i 3-4 xodim faoliyat yuritishini bilsa-da, nafsini qondirishga qiziqib qoldi.
Oradan 3-4 kun o‘tib, boks bo‘yicha mutaxassis ona olib kelgan hujjatlar va 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Mutaxassis huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tavsiyasi bilan ijrochi direktorga qo‘ng‘iroq qilib, ish bitgani, uchrashishlari kerakligini aytdi. Shu tariqa, ijrochi direktor ham qo‘lga olindi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi