Xalq bank ikkita nominasiya bo‘yicha g‘olib deb topildi

  • 26 aprel 2016, 11:14
  • 4 517
  • O‘zbekiston
  • Xalq bank ikkita nominasiya bo‘yicha g‘olib deb topildi

    2016 yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Banklari Assosiasiyasida "BANKEXPO 2016" bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari IX an’anaviy ko‘rgazmasi ishtirokchilari bo‘lgan g‘olib tijorat banklarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    "BANKEXPO 2016" milliy ko‘rgazmasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot-kommunikasiya texnologiyalari, iqtisodiy islohotlar va byudjet masalalari qo‘mitalari, Axborot texnologiyalari bo‘yicha tashkilotlar va korxonalar Assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Banklari Assosiasiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinadi.

    G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari I. Basitxanova, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining birinchi o‘rinbosari S. Xodjaev, shuningdek O‘zbekiston Banklari Assosiasiyasi bosh direktori S. Abdullaevlar boshchiligida o‘tkazildi.

    Tadbirda davlat-tijorat Xalq banki ayollar tadbirkorligini rivojlantirish sohasida qo‘shayotgan hissasi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi va “Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank” deb topildi.

    Shuningdek, hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Xalq bankining Bo‘stonliq filiali “Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotgan eng yaxshi hududiy bank filiali” nominasiyasi g‘olibi deb topildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xalq bank ikkita nominasiya bo‘yicha g‘olib deb topildi