Ajrashish Toshkentdagi doimiy propiska bekor qilinishiga sabab bo‘ladi

  • 27 aprel 2016, 00:19
  • 7 133
  • O‘zbekiston
  • Ajrashish Toshkentdagi doimiy propiska bekor qilinishiga sabab bo‘ladi

    “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda "Norma.uz"ga asoslanib "Kun.uz" xabar qiladi.

    Unga ko‘ra, Toshkent shahrida yoki viloyatida propiskadan o‘tganining birinchi yili davomida ajrashish qayd etilsa, er yoki xotin doimiy propiskadan mahrum bo‘ladi.

    O‘zgartirish 25 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan va 26 aprel kuni kuchga kirgan qonunda ko‘zda tutilgan.

    Ma’lumot uchun, poytaxt hududida propiskadan o‘tish to‘g‘risidagi qonun 2011 yilda qabul qilingan edi. Unda Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga propiska qo‘yilishi mumkin bo‘lgan fuqarolarning 12 toifasi keltirib o‘tilgan, shu toifalardan biri Toshkent shahrida propiskaga ega shaxs bilan nikohdan o‘tganlar hisoblanadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ajrashish Toshkentdagi doimiy propiska bekor qilinishiga sabab bo‘ladi