11:15 / 23.02.2015
7 309

Kursk viloyatida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi

Kursk viloyatida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit kunning tungi payti Ukraina hududidan Rossiya hududiga piyoda o‘tgan. Chegarachilar uni Kursk viloyatining Rilsk shahrida qo‘lga olishgan.

Viloyat bo‘yicha Rossiya Federal xavfsizlik xizmati chegara boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu yigitga 2017 yilning yozigacha Rossiya hududiga kirish taqiqlab qo‘yilganiga qaramasdan, u Rossiya chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tgan. Uning aytishicha, u buni Rossiyada yashash va ishlash uchun qilgan.

Qoidabuzar hozirda hibsda saqlanmoqda. Unga nisbatan chegarani noqonuniy o‘tganlik holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kursk viloyatida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi