Toshkentdagi yomg‘irli salqin havo 16 iyunda ham saqlanib qoladi

  • O‘zbekiston
  • 15-06-2016, 15:10
  • 1 309
  • Toshkentdagi yomg‘irli salqin havo 16 iyunda ham saqlanib qoladi

    O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 15 iyun kuni kuzatilgan yomg‘irli salqin havo 16 iyun kuni ham saqlanib qoladi. Bu haqda «O‘zgidromet» markazi ma’lumotiga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

    Xabar berishlaricha, 16 iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +11…+16 daraja, Toshkent shahrida +18…+20 daraja, qolgan hududlarda +18…+23 daraja iliq bo‘ladi.

    16 iyun, payshanba kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +17…+22 daraja, Toshkent shahrida +28…+30 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +33…+38 daraja, qolgan hududlarda +28…+33 daraja iliq bo‘ladi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan boshqa hududlarda, xususan, Toshkent shahrida qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi esa soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi kuzatiladi.

    loading...
    Яндекс.Метрика