Toshkentdagi 5 yulduzli Hyatt Regency ilk mehmonlarni qabul qildi

  • 22 iyun 2016, 14:58
  • 5 878
  • O‘zbekiston
  • Toshkentdagi 5 yulduzli Hyatt Regency ilk mehmonlarni qabul qildi

    Toshkentda ShHT sammiti oldidan besh yulduzli Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qurib bitkazildi.

    "Darakchi" nashrining xabar berishicha, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi o‘zining ilk mehmonlarini ham qabul qildi. Ular ShHT sammiti doirasida tashrif buyurgan ishtirokchilardir.

    Mehmonxona 301 ta xona, ulardan 15% —oliy-darajadagi appartamentlardan iborat.

    Hyatt Regency mehmonxonasi 2013 yilda qurila boshlangan. Loyiha qiymati $205 mln tashkil qiladi.

    Loyiha O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari hisobiga ($42 mln), AT «Xalq bank» (100 mlrd so‘m) hamda Toshkent ma’muriyatining shaxsiy mablag‘lari hisobiga moliyalashtirildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentdagi 5 yulduzli Hyatt Regency ilk mehmonlarni qabul qildi