Toshkent va Andijonda 3 balli erosti silkinishlari sezildi

  • 26 iyun 2016, 22:03
  • 4 867
  • O‘zbekiston
  • Toshkent va Andijonda 3 balli erosti silkinishlari sezildi

    26 iyun, yakshanba kuni Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegara zonasida magnitudasi 6,3 ga teng zilzila yuz berdi. Bu haqda Evropa—O‘rtaer dengizi seysmologiya markazi va AQSh Geologiya xizmati xabar bermoqda.

    Zilzila episentri Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridan taxminan 390, O‘sh shahridan 122 kilometr uzoqlikda joylashgan. Evropa—O‘rtaer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 20 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

    «Daryo» nashri ma’lum qilishicha, zilzila kuchi Toshkent va Andijon shaharlarida taxminan 3 ballni tashkil etgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkent va Andijonda 3 balli erosti silkinishlari sezildi