18:35 / 27.02.2015
8 539

Ishtixonda yo‘lovchini urib ketgan Nexia haydovchisi qo‘lga olindi

Ishtixonda yo‘lovchini urib ketgan Nexia haydovchisi qo‘lga olindi

Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida noma’lum haydovchi avtomashinani “Toshkent – Buxoro” yo‘lining 62-kilometrida boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan yo‘lovchini urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu yo‘l-transporti hodisasini mahalliy aholiga mansub, 35 yoshli shaxs o‘zining Nexia rusumli avtomashinasida sodir etgani aniqlangan.

“Gumonlanuvchi ushlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ishtixonda yo‘lovchini urib ketgan Nexia haydovchisi qo‘lga olindi