Toshkentda 29 iyul kuni yog‘ingarchilik va kuchli shamol kuzatiladi

  • 28 iyul 2016, 14:30
  • 4 366
  • O‘zbekiston
  • Toshkentda 29 iyul kuni yog‘ingarchilik va kuchli shamol kuzatiladi

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 29 iyul, juma kuni yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi kuchayishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» markaziga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

    Xabar berishlaricha, juma kuniga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +13…+18 daraja, Toshkent shahrida +20…+22 daraja, mamlakatning qolgan hududlarida esa +23…+25 daraja iliq bo‘ladi.

    29 iyul kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +20…+25 daraja iliq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +28…+33 daraja, Toshkent shahrida +32…+34 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

    Shu kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo harorati +32…+37 daraja, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +33…+38 daraja issiq bo‘lishi mumkin.

    «O‘zgidromet» axborotiga ko‘ra, 29 iyulga o‘tar kechasi va 29 iyul kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi esa soniyasiga 17—20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda 29 iyul kuni yog‘ingarchilik va kuchli shamol kuzatiladi