13:19 / 05.03.2015
6 663

Toshkentda o‘g‘irlangan “Spark” rusumli avtomobili o‘g‘risi qo‘lga olindi

Toshkentda o‘g‘irlangan “Spark” rusumli avtomobili o‘g‘risi qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIB navbatchilik xizmatiga poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri tomonidan shaxsiy “Spark” rusumli avtomobili o‘g‘rilangani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, fuqaro “Do‘stlik” metrosi yaqinidagi avtomobillar to‘xtash joyida mashinasini qoldirgan. Biroz o‘tib u mashinasini joyida emasligidan xabar topgan.

Ushbu shikoyatdan keyin barcha hudud huquq-tartibot idoralariga “qo‘lga olish” rejasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Videokuzatuvlar natijasida Chilonzor tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro mashina o‘g‘risi ekani aniqlangan.

Jinoyat sodir etgan fuqaro javobgarlikka tortildi. Avtomobil esa qonuniy egasiga qaytarildi, deb yozadi vazirlik matbuot xizmati.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda o‘g‘irlangan “Spark” rusumli avtomobili o‘g‘risi qo‘lga olindi