Pyotr Poroshenko: Islom Karimov atoqli siyosiy arbob, qayta tug‘ilgan O‘zbekistonning yorqin etakchisi va Ukrainaning sadoqatli do‘sti edi

  • 04 sentyabr 2016, 00:48
  • 7 227
  • O‘zbekiston
  • Pyotr Poroshenko: Islom Karimov atoqli siyosiy arbob, qayta tug‘ilgan O‘zbekistonning yorqin etakchisi va Ukrainaning sadoqatli do‘sti edi

    Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda «Jahon»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

    «Ukrain xalqi va shaxsan o‘z nomimdan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning vafoti munosabati bilan samimiy hamdardligimni bildiraman», — dedi Poroshenko.

    U Islom Karimov atoqli siyosiy arbob, qayta tug‘ilgan O‘zbekistonning yorqin etakchisi va Ukrainaning sadoqatli do‘sti bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.

    «Dardingizni bo‘lishaman va o‘zbek xalqi bilan birga qayg‘udaman. Bu insonning yorug‘ xotirasi oldida bosh egaman. Marhumning yaqinlari va do‘stlariga chuqur hamdardliklarimni etkazishni so‘rayman», — qo‘shimcha qildi u.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Pyotr Poroshenko: Islom Karimov atoqli siyosiy arbob, qayta tug‘ilgan O‘zbekistonning yorqin etakchisi va Ukrainaning sadoqatli do‘sti edi