Latviya prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

  • 04 sentyabr 2016, 10:14
  • 5 649
  • O‘zbekiston
  • Latviya prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    Latviya prezidenti Raymond Veyonis O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan butun o‘zbek xalqi va marhumning oilasiga hamdardlik bildirdi, deb xabar bermoqda “Kun” nashri.

    Veyonis Karimovni Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlagan buyuk siyosiy arbob deb atadi. "Prezident Karimov Latviya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga ulkan hissa qo‘shdi. Uning Markaziy Osiyodagi xavfsizlikni mustahkamlashdagi roli qanchalik kattaligini baholashning imkoni yo‘q", deyilmoqda hamdardlik matnida.

    Islom Karimov Latviyaga 1995, 2004 va 2013 yillarda tashrif buyurgan. Shuningdek, Latviya prezidentlari ham bir necha marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurganlar.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Latviya prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi