Islom Karimov nomi bilan qaysi joylarni atashni O‘zbekiston xalqi hal qiladi

  • 06 sentyabr 2016, 16:40
  • 8 481
  • O‘zbekiston
  • Islom Karimov nomi bilan qaysi joylarni atashni O‘zbekiston xalqi hal qiladi

    O‘zbekistonning qaysi joylariga Respublika birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi berilishi ushbu kunlarda faol muhokama qilinmoqda.

    Hukumat qaroriga ko‘ra, Oliy Majlisning yuqori va quyi palatalari a’zolaridan tashkil topgan maxsus komissiya, 2 sentyabrdan boshlab bir oy davomida Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti nomini abadiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritishi kerak. Ushbu takliflar aholi, tashkilot va muassasalar, ta’lim maskanlari va keng jamoatchilik fikrini hisobga olishi shart.

    Toshkentliklarning aksariyati Islom Karimov nomini “Toshkent” yoki “Samarqand” xalqaro aeroportiga berish tarafdori. Dunyoda bunday misollar juda ko‘p, masalan AQShdagi Kennedi aeroporti yoki Turkiyadagi Otaturk aeroporti. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Islom Karimov nomi bilan, Prezident vafoti oldidan ochilgan O‘zbekistondagi birinchi yoysimon ko‘prikni atash fikrlarini bildirmoqda.

    Ushbu ko‘prikni Islom Karimov ishga tushirishi rejalashtirilgan edi. Aholi orasida Toshkent markaziy ko‘chalaridan, metro bekatlaridan yoki bog‘laridan birini birinchi Prezident nomi bilan atash keng muhokama qilinmoqda. Shu bilan bir vaqtda, O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi poytaxt markazida Islom Karimovga bag‘ishlangan yodgorlik va muzeydan tashkil topgan xotira majmuasi qurishni taklif qilmoqdalar. Shuningdek, mamlakat yoshlari Karimov nomini Toshkent OTM va stadionlaridan biriga berish fikrini bildirmoqdalar.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Islom Karimov nomi bilan qaysi joylarni atashni O‘zbekiston xalqi hal qiladi