17:32 / 09.09.2016
7 047

Qurbon hayiti 12 sentyabrda nishonlanadi

Qurbon hayiti 12 sentyabrda nishonlanadi

12 sentyabr — Qurbon hayiti bayrami kuni — dam olish deb e’lon qilindi. 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev shu haqdagi qarorni imzoladi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.

«O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 12 sentyabr dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2016 yil 12 sentyabr mamlakatimizda dam olish kuni deb belgilansin va bayram sifatida keng nishonlansin», — deyiladi hujjatda.

Respublika «Nuroniy», «Mahalla» jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlariga Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, milliy qadriyatlarga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qurbon hayiti 12 sentyabrda nishonlanadi