13 sentyabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
«O‘zgidromet» markazi xabariga ko‘ra, 13 sentyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +6…+11 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +12…+17 daraja, Surxondaryo viloyatida +14…+19 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +16…+21 daraja, qolgan barcha hududlarida, xususan, Toshkent shahrida +18 darajagacha iliq bo‘ladi.
13 sentyabr kunduzi mamlakatning tog‘li hududlarida havo harorati +13…+18 daraja, Toshkent shahrida +25…+27 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +23…+28 daraja iliq, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +27…+32 daraja, qolgan barcha hududlarda +30 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
13 sentyabrga o‘tar kechasi va 13 sentyabr kuni kunduzi Surxondaryo viloyatidan boshqa barcha hududlarda shamol tezligi soniyasiga 17—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?