Vazifa va vakolatlar o‘z-o‘zidan o‘tib qolmaydi, balki yuklatiladi

  • 13 sentyabr 2016, 13:16
  • 4 689
  • O‘zbekiston
  • Vazifa va vakolatlar o‘z-o‘zidan o‘tib qolmaydi, balki yuklatiladi

    Joriy yilning 8 sentyabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuklash to‘g‘risidagi o‘ta muhim qarorni qabul qildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni yuridik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Rajabov mazkur qaror yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

    — Bugungi kunda bahsli mavzu bo‘lib turgan Konstitusiyamiznig 96-moddasiga e’tibor beraylik. Unda, “O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi” deyilgan. E’tibor bering, vazifa va vakolatlar o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda o‘tib qolmaydi, balki aynan yuklatiladi.

    Kim tomonidan yuklatilishi ham Konstitusiyamizning 10-modasida aniq-tiniq yozib qo‘yilgan: O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.

    Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.

    Bundan kelib chiqadiki, Oliy Majlisdan boshqa hech qaysi organ xalq nomidan ish ko‘rishi va tegishli vakolatlarni kimningdir zimmasiga yuklashga haqli emas. Qolaversa, Konstitusiyamizning va boshqa qonunlarimizning ko‘pgina moddalari mazkur qarorning qonuniyligini kafolatlaydi.

    Manba: Darakchi.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Vazifa va vakolatlar o‘z-o‘zidan o‘tib qolmaydi, balki yuklatiladi