6 228
Fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish va himoya qilishda OAV o‘rnini oshirish borasida seminar-trening o‘tkazildi
13 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamda Friedrich Ebery Stiftung (Fridrix Ebert) jamg‘armasi ko‘magida "Huquqiy davlat va fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining roli" mavzusida xalqaro seminar - trening o‘tkazildi.
Bu mavzuga O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston konstitusiyasining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda alohida e’tibor qaratga edi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad:
- Jurnalistlar fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda qatnashishi va ularning roli borasidagi huquqiy bilimlarini oshirish;
- OAV orqali aholining huquqiy ongini shakllantirish;
- Joylarda ijtimoiy sheriklikni yaxshilash, aholi o‘rtasida huquqbuzarliklar oldini olish, huquqbuzarliklar sodir bo‘lganda ularni OAVda o‘z vaqtida, faktlarga asoslangan holda yoritish borasidagi munosabat samaradorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Seminarni Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori G.Bobojonova va Fridrix Ebert jamg‘armasining O‘zbekistondagi filiali direktori N.Rezyapova ochib berishdi va unda germaniyalik mutaxassis, Hamburg shahrining sobiq ma’muriyat sudyasi, Hamburg boshqaruv va polisiya oliy maktabi dosenti doktor Gerd Veling, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti dosenti, filologiya fanlari nomzodi Nargis Qosimova hamda "Demokratiya va inson huquqlari" instituti direktori, yuridik fanlar nomzodi Sayyora Xodjaeva o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Mazkur loyiha doirasida Jizzax, Guliston, Navoiy, Nukus, Qarshi, Buxoro, Samarqand, Termiz, Namangan, Toshkent shaharlarida seminar-treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Muxbir: O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Rustambek Eshbekov
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?