Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev va O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov mamlakatlar o‘rtasidagi mavjud muammolarni hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu haqida Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.
Abdulaziz Komilov juma kuni bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun O‘zbekiston delegasiyasi rahbari sifatida Bishkekka tashrif buyurdi. Komilov Qirg‘iziston prezidenti bilan kechgan uchrashuvda O‘zbekistonning qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarini o‘zaro hurmat va qo‘shnichilik an’analariga tayangan holda ijobiy notalarda boshlashga tayyor ekanini bildirdi.
"Qirg‘iziston va O‘zbekiston munosabatlarini faollashtirishda tomonlarning manfaatdorligi va mamlakatlar o‘rtasidagi muammolarni konstruktiv muloqot yo‘li orqali hal qilishga jiddiy siyosiy yondashuv mavjudligi tasdiqlandi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek TIV rahbari Abdulaziz Komilov Atambaevga O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini etkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin