17:04 / 09.03.2015
8 034

Jizzaxda firibgar ayollar qo‘lga olindi

Jizzaxda firibgar ayollar qo‘lga olindi

Jizzax viloyati Forish tumanida bir fuqaroni ishonchiga kirish yo‘li bilan aldab? uning tilla taqinchoqlari va ma’lum miqdordagi pul buyumlarini o‘g‘rilab ketgan ikki nafar ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbada yozilishicha, jabrlanuvchi aldanganini bilgach, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ikkala fibirgarlar ham qo‘lga olindi.

Ulardan biri 1969 yil Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan bo‘lsa, ikkinchisi 1981 yil Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqdi.

Mazkur ish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv tergov ishlari olib borilmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jizzaxda firibgar ayollar qo‘lga olindi