Vazirlar Mahkamasining 9 sentyabrdagi qarori bilan 2016−2018 yillarda Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.
Dasturda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirish, yangi sanoat korxonalari quvvatlarini barpo etish, ishlayotganlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, muhandislik-kommunikasiya va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish, xom ashyo bazasini yanada taraqqiy ettirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, 2019 yilga qadar poytaxt viloyatida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni 33,4 foizga oshirish belgilangan.
Hujjatda Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Parkent, Yuqori Chirchiq va Chinoz tumanlarida sanoatlashish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq keltirib o‘tilgan.
Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq va Parkent tumanlarida mahalliy byudjetlarning daromat bazasini yanada kengaytirish yo‘li bilan respublika byudjetidan olinadigan subvensiyalar ulushini kamaytirish bo‘yicha maxsus «yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi