11:06 / 10.03.2015
10 335

Buxorodagi yuz yillik tarixga ega ko‘prik rekonstruksiya qilindi

Buxorodagi yuz yillik tarixga ega ko‘prik rekonstruksiya qilindi

«O‘zavtoyo‘l» DAK 1912—14 yillarda Zarafshon daryosi ustiga qurilgan «Choriqulboy» ko‘prigini rekonstruksiya qildi, deya xabar bermoqda UzDaily. Ko‘prik foydalanishga topshirildi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘prik chexiyalik me’morlar eskizlari bo‘yicha qurilgan, uni barpo etishda germaniyalik va buxorolik quruvchilar qatnashgan.

Ko‘prik uzunligi 100 metr, eni 7,5 metrni tashkil etadi. Uni 4 metr balandlikka ega sakkizta ustun ko‘tarib turadi.

«O‘zavtoyo‘l» DAK ta’kidlashicha, ko‘prik 9 balli zilzilaga berdosh bera oladi.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxorodagi yuz yillik tarixga ega ko‘prik rekonstruksiya qilindi