10:32 / 23.09.2016
7 866

Xitoy xalq Ruspublikasi Raisi Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Xitoy xalq Ruspublikasi Raisi Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Lizse bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Elchi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Janobi Oliylarining mamlakatimiz rahbariyatiga yo‘llagan qutlov maktubini topshirdi.

Maktubda Xitoy xalq Respublikasi raisi Xitoy hukumati va xalqi hamda shaxsan o‘zi nomidan Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajarish yuklatilganligi munosabati bilan samimiy qutlagan.

Shuningdek: «Ayni paytda xalqaro va mintaqaviy vaziyat murakkab va o‘zgaruvchan bo‘lib, Xitoy va O‘zbekiston oldida umumiy manfaatlarimizni ta’minlash yo‘lida tahdidlar kuchayib bormoqda. Xitoy O‘zbekiston xalqi tanlagan yo‘lni hurmat qiladi, mamlakatingizning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini qat’iy ma’qullaydi. O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy masalalarda yanada mustahkam o‘rin egallashiga intilishini qo‘llab-quvvatlaydi.»-deyiladi.

Undan tashqari XXR raisi iyun oyidagi tashrifiida Shavkat Mirzievning unga hamrohlik qilganini ham eslab o‘tgan. U O‘zbekiston va XX Respublikasi «Bir qutb, bir yo‘l»ni birgalikda barpo etajagini aytib o‘tgan. Hamda, O‘zbekiston Respublikasi vazifasini bajaruvchisining davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilagan. Maktubning to‘liq matnini O‘zbekiston axborot agentligi e’lon qilgan.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xitoy xalq Ruspublikasi Raisi Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi