O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik Kodeksiga, Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq ravishda jihozlanmagan transport vositalarini boshqarganlik uchun jazolarni tayinlashni kengaytiruvchi to‘ldirishlar kiritildi. Mazkur tuzatishlar to‘g‘risidagi qarorni 2016 yil 23 sentyabr kuni Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan. U, 24 sentyabrdan kuchga kiradi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
Kodeksning yangilangan 125-moddasiga muvofiq, o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutisi, favqulodda to‘xtash belgisi, yorug‘lik qaytaruvchi nimcha va qonunda belgilangan tartibda shishani sindirish uchun bolg‘acha bilan jihozlanmagan transport vositasini boshqarish – haydovchiga eng kam oylik ish haqining yarim baravarida jarima solishga asos bo‘ladi. (1 oktyabrdan 74887,5 so‘mni tashkil etadi).
Bundan tashqari, motosiklni boshqarish qoidalariga rioya qilmay, maxsus bosh kiyimisiz motosikl boshqarish – eng kam oylik ish haqining beshdan bir qismi miqdorida (1 oktyabrdan — 29955 so‘m) jarima solishga asos bo‘ladi. Bu qoida moped haydovchilarga ham tegishli ekani qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi