14:05 / 10.03.2015
7 680

O‘zbekistonda yashovchi dunyoning eng yoshi ulug‘ insoni — To‘ti momo 135 yoshni qarshilaydi

O‘zbekistonda yashovchi dunyoning eng yoshi ulug‘ insoni — To‘ti momo 135 yoshni qarshilaydi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida dunyoning eng yoshi ulug‘ insoni, uch asrning guvohi – 135 bahorni qarshilayotgan To‘ti momo Yusupova istiqomat qiladi, deb yozadi O‘zA.

Ko‘hna Jayhun sohilida joylashgan To‘rtko‘l ovulining yoshu qarisi To‘ti momoga o‘z onasiday yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatadi. Biror xayrli ish boshlashdan oldin, albatta, momoning duosini oladi.

– Otamni Tojiboy, onamni Uljon deguvchi edi, – deydi To‘ti momo bir fursat tin olib. – Oilada bir o‘g‘il, ikki qiz edik, men to‘ng‘ichi bo‘lib, onamning dastyori edim. Otadan erta ajralganimiz bois, oilaning og‘ir tashvishi, bolalar tarbiyasi onamning elkasida qoldi. U paytlar qishloqda ekin-tikin bilan, faqat egulik ozuqa etishtirish bilan tirikchilik qilardik.

Zamona zayli bilan To‘ti momo qismatiga har ikki jahon urushining og‘ir damlarini ko‘rish ham yozilgan ekan.

– Hech qachon mehnatdan qochmadim. Dalada ketmon chopib, ariq qazidim, paxta terib, aravada go‘ng tashidim. Tinmadim. Harakatda bo‘lganim uchunmi, shifokorga hech ishim tushmadi, – deydi momo.

– Momomizning salomatligi juda yaxshi, – deydi qishloq vrachlik punkti shifokori Xonsuluv Safarova. – Haftada ikki-uch marta qon bosimini o‘lchab, holidan xabar olib turamiz. Yurak urishi o‘rta yosh kishilarnikidek bir maromda. Ko‘z tegmasin, bardam-baquvvat.

– Halol yashang. Shukur qilguvchi bo‘ling. Harakatda bo‘ling. Hech kimni nohaq ranjitmang, ko‘ngil nozik bo‘ladi, – deydi To‘ti momo. – Bunday farovon, obod kunlarning qadriga eting, ahil-inoq bo‘ling, bolalarim. Ahillik bor joyda baraka bo‘ladi. Yurtimizdan tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka hech qachon arimasin.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yashovchi dunyoning eng yoshi ulug‘ insoni — To‘ti momo 135 yoshni qarshilaydi