12:54 / 27.09.2016
9 163

O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlariga g‘ayriqonuniy tinch namoyishlarni bartaraf etishda qurol qo‘llash taqiqlangan

O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlariga g‘ayriqonuniy tinch namoyishlarni bartaraf etishda qurol qo‘llash taqiqlangan

O‘zbekiston ichki ishlar idoralari xodimlari kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini buzmasdan o‘tkazilayotgan g‘ayriqonuniy yig‘ilishlar, mitinglar, namoyish, ommaviy chiqish va piketlarni bartaraf etishda maxsus vositalar, shu jumladan, gazli va shikastlantiruvchi qurol qo‘llashi taqiqlanadi. Bu haqda «1news.uz» saytiga asoslanib «Kun» nashri xabar bergan.

16 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunda ana shu talab ilgari surilgan.

Qonunda jinoyatlarga chek qo‘yish va ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun jismoniy kuch ishlatishga ruxsat beriladi.

Ammo har qanday holatda ham odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan olti oy keyin kuchga kirishi belgilangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlariga g‘ayriqonuniy tinch namoyishlarni bartaraf etishda qurol qo‘llash taqiqlangan