O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev shu yilning 25 sentyabrida Toshkent shahrining Sergeli tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi mavzelari, ko‘p qavatli turar joylar va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi, deb yozadi "Diydoraziz" sayti.
Aholi vakillari va shahar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan yirik dastur – Sergeli tumanida 2017-2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uyning bunyod etilishi bilan bog‘liq loyiha ishlab chiqilganiga alohida to‘xtaldi.
Bu loyihaning amalga oshirilishi qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi.
Ayniqsa, nurab qolgan eski uylar o‘rnida yangi binolarni qurish, ko‘p qavatli uylardagi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olib, kommunal xizmatlar sifatini oshirish kabi masalalariga alohida e’tiborqaratish bo‘yicha vazifalar bergan.
Shuningdek, Poytaxtda yangi transport-kommunikasiya tarmoqlari,er usti tezyurar metro yo‘nalishlari qurilishini loyihalashtirish ishlarini tezlashtirish borasida aniq vazifalar belgilab olindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?