13:26 / 29.09.2016
7 272

Janubiy Koreya Toshkent-4 terminali qurilishi uchun 250 mln dollar taqdim etadi

Janubiy Koreya Toshkent-4 terminali qurilishi uchun 250 mln dollar taqdim etadi

Janubiy Koreya hukumati «Toshkent» xalqaro aeroportining yangi terminali qurilishi uchun 250 mln dollar taqdim etadi. 29 sentyabr kuni Toshkent va Seul vakillari o‘rtasida O‘zbekistonda yangi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamjihatlik haqida memorandum imzolandi, deyiladi "Kun" nashri xabarida.

Seuldagi ikki mamlakat moliya vazirlari muzokaralarida Rustam Azimov va Yu Il Xo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va Janubiy Koreya kompaniyalarining O‘zbekiston loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Toshkent Aeroportida yangi xalqaro yo‘lovchi terminali qurilishi bo‘yicha loyiha qiymati 350 million dollarni tashkil qilib, shundan 250 mln dollar Seul tomonidan ajratilsa, O‘zbekiston hukumati 100 million dollar ajratadi.

Loyiha keyingi 3 yil davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi terminal maydoni 87 ming kvadrat metrni tashkil etadi, u soatiga 1,5 ming, yiliga 5,7 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.

«Toshkent-4»da 36 samolyot uchun perron, 1,7 ming avtomobil uchun avtoturargoh bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq yangi terminalning qurilishi 2016 yildan boshlanishi, qurilish-montaj ishlari 2019 yil oxiriga qadar yakunlanishi haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Janubiy Koreya Toshkent-4 terminali qurilishi uchun 250 mln dollar taqdim etadi