Chexiyaning yangi elchisi O‘zbekiston TIV rahbariga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 28 sentyabr kuni Chexiya Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Yaroslav Sironi qabul qildi. TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Suhbat chog‘ida qayd etilganidek, davlatlararo aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollari va xalqaro masalalar bo‘yicha ikki davlatning yaqin va o‘xshash qarashlari va pozisiyalari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning ishonchli asosi hisoblanadi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Chexiya hamkorligi ikki tomon o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stlik va konstruktiv munosabatlar an’analariga hamda 30 dan ortiq hujjatlardan tashkil topgan shartnomaviy-huquqiy asosga tayangan holda izchil rivojlanayotganligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda turli darajalardagi aloqalarni faollashtirish masalalari hamda ikki va ko‘p tomonlama, jumladan O‘zbekiston-Evroittifoq muloqoti shakllardagi munosabatlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi