O‘zbekiston TIV rahbari va Tojikiston Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon 29 sentyabr kuni Dushanbega ishchi tashrif bilan borgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovni qabul qildi. Bu haqda Tojikiston rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Tomonlar ikki mamlakat munosabatlarining bugungi holati va ertangi istiqbollarini muhokama qilib, ularni kelgusida yanada kengaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqdi.
So‘nggi vaqtlardagi ikki mamlakat munosabatlari, jumladan, tovar ayirboshlash hajmining o‘sayotgani, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya ishining faollashuvi, muntazamlik kasb etayotgan oliy darajadagi siyosiy maslahatlashuvlar hamda muloqotlardagi ijobiy o‘zgarishlar alohida qayd etib o‘tildi.
Tomonlar dolzarb mintaqaviy va global muammolarni muhokama qilar ekan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning asosiy sharti ekanini urg‘u qaratdi.
Emomali Rahmon Tojikiston tashqi siyosatida tojik-o‘zbek munosabatlarining ustuvor xususiyatlarini qayd etib o‘tdi. U ikki mamlakatning ildizlari uzoq o‘tmishga borib qadalgan yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarini saqlash va mustahkamlashning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.
Birinchi navbatda iqtisodiy va savdo hamkorligi darajasini oshirishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Ayni paytda, suv-energetika va transport-logistika sohalari, fuqarolarning o‘zaro tashriflari masalasi diqqat markaziga ko‘tarildi.
Manba: "gazeta.uz" “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi