01:48 / 02.10.2016
7 302

Abdurahim Xodjaev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Abdurahim Xodjaev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

1 oktyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kollegiyasiga vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Abdurahim Xodjaev tanishtirildi, deya xabar qildi "Gazeta.uz" sayti.

Eslatib o‘tamiz, Abdurahim Xodjaev 2004 yil iyunidan 2015 yil martiga qadar tashqi ishlar vazirining kadrlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Undan avvalroq — 2003−2004 yillarda Tashqi ishlar vazirligining Kadrlar va ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlig‘i edi.

Abdurahim Xodjaevga qadar Muzaffar Kamoliddinov vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdurahim Xodjaev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi