18 oktyabr, seshanba o‘tar kechasi va seshanba kuni kunduzi O‘zbekistonning qator hududlarida, xususan, Toshkent shahrida qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda «Kun» sayti xabar bergan.
Toshkent shahri
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 5—10 metr tezlikda esadi, 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8…+10 daraja iliq, kunduzi +10…+12 daraja iliq bo‘ladi, kechga tomon +4…+6 daraja iliqgacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respubliksi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1…+6 daraja iliq, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3…+8 daraja iliq, kunduzi +7…+12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 daraja iliq, kunduzi +8…+13 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyati
Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11…+16 daraja iliq, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 iliq, kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi