Jomboy tumanidagi G‘ubdintog‘ qir-adirlari bag‘rida tashkil etilgan «Maroqand meva-sabzavot» fermer xo‘jaligi o‘z faoliyatida yangicha yondoshuvlarni qo‘llab ko‘chatchilik, bog‘dorchilik va sabzavotchilikda salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritayapti.
Shu yilning bahor oylarida fermer xo‘jaligi dalasiga Italiyadan keltirilgan maxsus texnika vositasi yordamida 350 gektar maydonga tomatbop va bozorbop pomidor urug‘i qadalgan edi. Bu tashabbus bevosita Ukraina davlatida faoliyat ko‘rsatayotgan «Gelios-1» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan kelgan mutaxassislar bilan o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirildi.
Pomidorni etishtirish, uni yig‘ishtirib olish to‘la mexanizasiyalashtirilgan. Jumladan, mavsum davomida gektaridan 90-95 tonna tomatbop pomidor mahsulotlarini yig‘ishtirib olishda maxsus kombaynlardan foydalanildi. Bu esa ishchi kuchini tejab, mahsulot tannarxini pasaytirdi.
Xabarda bildirilishicha, pomidorni yig‘ishtirib olayotgan «aqlli» kombayn bilan har kuni 5-6 gektar maydondagi hosil saranjomlanadi. Kombaynning yana bir afzalligi, unga o‘rnatilgan kompyuter yordamida pomidor maxsus transportyorlar orqali tegishli texnika vositasiga, iste’molga yaroqsiz qismi boshqa transportyor tasmalari orqali yo‘naltiriladi.
Amalga oshirilayotgan bunday sa’y-harakatlar xalq dasturxonini sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, iste’moldan ortgan meva-sabzavotlarni xorijga eksport qilish, iqtisodiyotga qo‘shimcha valyuta kiritish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratib, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi