01:35 / 23.10.2016
7 922

Ai-80 rusumli avtobenzinning 1 litri narxi endi 2800 so‘m etib belgilandi

Ai-80 rusumli avtobenzinning 1 litri narxi endi 2800 so‘m etib belgilandi

Benzinni qonunga hilof tarzda sotish holatlariga barham berish maqsadida benzin narxlari respublika bo‘yicha bir xil etib belgilandi.

«O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi 23 oktyabrdan barcha turdagi avtobenzin chakana narxlari O‘zbekiston bo‘yicha bir xil etib belgilanganligini ma’lum qildi.

«So‘nggi vaqtda mamlakatimiz aholisining O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali, shuningdek, kompaniyamiz, respublikamizning rahbar, nazorat hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari nomiga kelib tushgan murojaatlarida avtobenzin ta’minotida bo‘layotgan uzilishlar, shu jumladan ba’zi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida avtobenzinning ustama narx bilan sotilayotganligi, avtobenzin olish uchun uzundan-uzoq navbatda turishga to‘g‘ri kelayotganligi, Toshkent shahridagi aksariyat AYoQShlarda Ai-80 rusumli avtobenzinning 2075 so‘mlik narxda, viloyatlarda esa asosan tijorat narxida, ya’ni 3000 so‘mlik narxda sotilayotganligi, avtobenzinning ayrim nopok kimsalar tomonidan Toshkent shahridagi AYoQShlardan turli yo‘llar bilan olib borib boshqa viloyatlar aholisiga 3000 so‘mdan 5000 so‘mgacha bo‘lgan chayqov narxida sotilayotganligi haqidagi o‘rinli e’tirozlarini inobatga olib hamda bundan buyon mazkur qonunga hilof holatlarga uzil-kesil barham berish maqsadida 2016 yil 23 oktyabrdan barcha turdagi avtobenzin chakana narxlari respublika bo‘yicha bir xil etib belgilandi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Ai-80 rusumli avtobenzinning 1 litri narxi endi 2800 so‘mni tashkil qiladi,
Ai-91, Ai-92 va Ai-93 benzinlarining litri — 3000 so‘m,
Ai-95 benzinining litri — 3300 so‘m.

«„O‘zbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi sizlardan o‘zlaringiz istiqomat qilayotgan joylardagi yoki yurtimizning har qanday hududidagi AYoQShlarda bundan buyon avtobenzin narxiga ustama qo‘yib sotilayotganligi yoxud boshqa noxush holatlar haqida „O‘zneftmahsulot“ aksiyadorlik kompaniyasining ishonch telefoniga, O‘zdavneftgazinspeksiyaning viloyat boshqarmalari, joylardagi tegishli huquqni muhofaza qilish organlari va neft bazalarning ishonch telefonlariga xabar qilishingizni hamda faol fuqarolik pozisiyasida turib, biz bilan yaqindan hamkorlik qilishingizni so‘raymiz!» — deb ta’kidlanadi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ai-80 rusumli avtobenzinning 1 litri narxi endi 2800 so‘m etib belgilandi