Toshkent va Toshkent viloyati propiskasi — ko‘pchilikni chalg‘itgan mavzu

  • 24 oktyabr 2016, 15:43
  • 7 682
  • O‘zbekiston
  • Toshkent va Toshkent viloyati propiskasi — ko‘pchilikni chalg‘itgan mavzu

    Shu kunlarda propiska masalasi yana muhokama mavzusiga aylandi. Shov-shuvlarga yurtimizdagi ommabop internet-nashrlarida ayni mavzuda tarqatilgan xabar sabab bo‘ldi. Xabarda davlat tashkilotlari xodimlari Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligi aytiladi. Xo‘sh, chindan ham shundaymi?

    Ha, ammo faqat nazariy jihatdan. Amalda esa bu juda murakkab.

    Xabarga qaytamiz. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvidagi organlar, respublika miqyosidagi boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari o‘z xodimlarining Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy ro‘yxatga o‘tishlarini so‘rab murojaat qilishlariga ruxsat berilibdi. Qarorga ilova qilingan ro‘yxatda jami 59 tashkilot va kompaniyalar nomi keltirilgan.

    Ana shu 59 ta davlat organi, tashkilot va muassasalarining rahbarlari o‘z tizimida ishlovchi xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida viloyatiga doimiy propiskaga qo‘yishni so‘rab, Ichki ishlar vazirligiga iltimosnoma va xodim haqida tavsifnoma kiritish huquqiga ega bo‘ldi. Deylik, Adliya vazirligining Markaziy apparati, Toshkent shahri va viloyatidagi hududiy boshqarmalari, ushbu hududlarda joylashgan adliya organlari va muassasalarida ishlayotgan xodimlarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida viloyatiga doimiy propiskaga o‘tishi uchun shaxsan Adliya vaziri iltimosnoma va xodim haqida tavsifnoma taqdim etishi kerak (bu esa unchalik oson ish emas).

    Taqdim etilgan hujjatlar Ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining Toshkent shahri va viloyatidagi boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Iltimosnoma rad etilishi ham ehtimoldan xoli emas. Umuman, iltimosnomaga ijobiy yoki salbiy javob berish IIV organlarining vakolatiga tegishli.

    Aslida bu shov-shuv qiladigan yangilik emas. Bu tartib ilgari ham mavjud bo‘lib, shu paytgacha amal qilinib kelinayotgan edi. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi qaroriga muvofiq faqat bitta narsa o‘zgardi. U ham bo‘lsa, o‘z xodimlarini Toshkent shahri va viloyatiga doimiy ro‘yxatga o‘tishlarini so‘rab murojaat qilishga ruxsat berilgan idoralar soni 56 tadan 59 taga, ya’ni uchtaga oshirildi. Aytilishi kerak bo‘lgan yangilik shu edi. Shu bois bu xabarga “Davlat tashkilotlari xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin” deb emas, balki “59 ta idora xodimlarini Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi so‘rash huquqiga ega bo‘ldi” deb sarlavha qo‘yish kerak edi. Shunda ko‘pchilik chalg‘imagan bo‘lardi.

    Quyidagi idoralarning rahbarlari o‘z xodimlarining Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy ro‘yxatga o‘tishlarini so‘rab murojaat qilish huquqiga ega:

    Prezident devoni;
    Oliy Majlisi palatalari;
    Vazirlar Maxkamasi;
    Konstitusiyaviy sud;
    Oliy sud;
    Oliy xujalik sudi;
    Bosh prokuratura;
    Milliy xavfsizlik xizmati;
    Markaziy saylov komissiyasi;
    Markaziy bank;
    Hisob palatasi;
    Toshkent shahri hokimligi;
    Toshkent viloyati hokimligi;
    Iqtisodiyot vazirligi;
    Moliya vazirligi;
    Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi;
    Mehnat vazirligi;
    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
    Xalq ta’limi vazirligi;
    Sog‘liqni saqlash vazirligi;
    Madaniyat va sport ishlari vazirligi;
    Mudofaa vazirligi;
    Ichki ishlar vazirligi;
    Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
    Tashqi ishlar vazirligi;
    Adliya vazirligi;
    Tashki iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi;
    Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi;
    Davlat statistika qo‘mitasi;
    Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi;
    Davlat soliq qo‘mitasi;
    Davlat bojxona qo‘mitaci;
    Tabiatni myhofaza qilish davlat qo‘mitaci;
    Davlat geologiya va minepal pecypclap qo‘mitaci;
    Davlat apxitektypa va qypilish qo‘mitaci;
    Ep pecypclapi, geodeziya, kaptogpafiya va davlat kadactpi davlat qo‘mitaci;
    Matbyot va axbopot agentligi;
    Standaptlashtipish, metpologiya va ceptifikatlashtipish agentligi;
    «O‘zkommynxizmat» agentligi;
    Avtomobil va dapë tpancpopti agentligi;
    Intellektyal mulk agentligi;
    «O‘zapxiv» agentligi;
    Baziplap Mahkamaci hyzypidagi Davlat zaxipalapini boshqapish qo‘mitaci;
    Baziplap Mahkamaci hyzypidagi Din ishlapi bo‘yicha qo‘mita;
    Papvozlap xavfcizligini nazopat qilish davlat incpeksiyaci;
    Temip yo‘llapda yuk va yo‘lovchilap tashish xavfcizligini nazopat qilish davlat incpeksiyaci;
    «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyaci;
    «O‘zbekenepgo» aksiyadoplik jamiyati;
    «O‘zkimëcanoat» aksiyadoplik jamiyati;
    «O‘zbekicton temip yo‘llapi» aksiyadoplik jamiyati;
    «O‘zdonmahcylot» aksiyadoplik kompaniyaci;
    «O‘zavtocanoat» aksiyadoplik kompaniyaci;
    «O‘zpaxtacanoatekcpopt» xolding kompaniyaci;
    «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyaci;
    «O‘zavtoyo‘l» avtomobil yo‘llapi qypish va foydalanish davlat-aksiyadoplik kompaniyaci;
    «O‘zbekicton havo yo‘llapi» milliy aviakompaniyaci;
    Milliy telepadiokompaniya;
    O‘zbekicton Fanlap akademiyaci;
    «Olmaliq kon-metallypgiya kombinati» aksiyadoplik jamiyati.

    Manba: Tafsilot.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkent va Toshkent viloyati propiskasi — ko‘pchilikni chalg‘itgan mavzu