12:36 / 26.10.2016
8 322

9-sinf qizi I.Karimovni xotirlab ko‘rgazma tashkil etdi

9-sinf qizi I.Karimovni xotirlab ko‘rgazma tashkil etdi

Namangan viloyati o‘lkashunoslik muzeyida yosh hunarmand-kulol Marjona Abdullajonovaning ilk shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. U «Islom bobomni xotirlab» deb nomlangan.

Marjona Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Qizilyozi qishlog‘idagi 36-umumta’lim maktabining 9-sinfida tahsil oladi.Yosh iste’dod sohibasi Marjona Abdullajonovaning badiiy kulollik ishlari joriy yilda Chexiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida dunyoning turli mamlakatlaridan taqdim etilgan 25 mingdan ziyod ijod namunalari orasida yuqori baholanib, faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

Ko‘rgazmada Marjonaning yuzdan ziyod ijodiy namunalari namoyish etildi. Uning “Mustahkam oila”, “Qamchiq tunneli”, “Keksalar gurungi” deb nomlangan badiiy kompozisiyali sopol asarlari, milliy haykalchalar, ko‘zacha-yu idishlari muxlisu mutaxassislar e’tiborini tortmoqda.

– Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlab ishlagan buyumlarimni O‘zbekistonimizning barcha yoshlarini mening farzandlarim, deb alqagan va butun umrini yosh avlod kamoloti uchun sharoit yaratishga bag‘ishlagan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovga sovg‘a qilishni niyat qilgan edim, – deydi Marjona. – Afsuski, bu orzuim armonga aylandi. Biroq Islom bobomiz bizning qalbimizda mangu yashaydi. Ularning porloq xotiralari hurmati Birinchi Prezidentimiz orzu qilganidek O‘zbekistonning buyuk kelajagi yo‘lida sidqidildan o‘qiymiz va mehnat qilamiz.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 9-sinf qizi I.Karimovni xotirlab ko‘rgazma tashkil etdi