O‘zbekiston tezyurar Talgo-250 elektropoezdini yil oxirigacha qabul qilib oladi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi, deb Carzone.uz yozmoqda.
Elektropoezd 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikasiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va modernizasiya qilish dasturiga asosan olib kelinmoqda. Ushbu dastur doirasida 9,8 mlrd dollarlik 150ta investisiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ikkita lokomotiv, 10ta yo‘lovchi poezdi va restoran-vagondan iborat yangi poezd 287 nafar yo‘lovchini manziliga etkaza oladi. 38 mln dollarlik ikkita shunday tarkibni Ispaniya kompaniyasidan xarid qilish shartnomasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilgan.
Yangi tezyurar poezdlar «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida qatnovni amalga oshiradi.
Hozirda, O‘zbekistonda ikkita Talgo poezdlari harakatlanmoqda. Afrosiyob poezdlari «Toshkent-Samarqand-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha qatnamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi