17:16 / 05.11.2016
7 908

Toshkentga ikkinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti keltirildi

Toshkentga ikkinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti keltirildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 5 noyabr kuni ikkinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini qabul qildi.

Samolyot Sietldan Toshkentgacha 12 soatlik to‘xtovsiz parvozni amalga oshirgan. Samolyot o‘z bortiga 246 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti O‘zbekistondan AQSh va Kanada, Uzoq sharq, Osiyo, Afrika va Avstraliya aeroportlariga parvozni amalga oshirishi mumkin.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi o‘zining birinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini joriy yil 31 avgust kuni qabul qilgan edi. Shu vaqtgacha samolyot mamlakatimizning bir necha shaharlari, xususan, Buxoro, Urganch, Navoiy va Nukusda bo‘lib, xalqaro yo‘nalishlarda parvoz qilishga ham ulgurdi. Samolyot Dehli, Dubay, Tel-Aviv, Olma-ota aeroportlariga parvoz qilgan.

Bu turdagi samolyotdan foydalanish uchun mamlakatimizda ikki nafar instruktor va 18 nafar uchuvchidan iborat maxsus guruh tuzilgan.

Boeing 787-8 Dreamliner samolyotining yoqilg‘i samaradordigi avvalgi Boeing-767 bilan taqqoslanganda 10 foizga ustunlik qiladi. Tezlik jihatdan ham muayyan tafovut mavjud. Masalan, Toshkentdan Moskvagacha parvoz vaqti 10 daqiqaga, London va Parijga esa 20-30 daqiqaga qisqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentga ikkinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti keltirildi