14:23 / 06.11.2016
9 059

Abdulla Oripov O‘zbekistonda dafn etiladi

Abdulla Oripov O‘zbekistonda dafn etiladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri, davlat va jamoat arbobi, mamlakat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning vafoti munosabati bilan bayonot berdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

«Mahalliy vaqt bilan 2016 yil 5 noyabrga o‘tar kechasi Hyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi matni muallifi, O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov og‘ir kasallikdan so‘ng 75 yoshida vafot etdi», — deyiladi bayonotda.

Tashqi ishlar vazirligi marhumning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etgan.

«Marhumning jasadini O‘zbekistonga olib kelishga va o‘z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a’zolariga yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi», — deb ta’kidlanadi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdulla Oripov O‘zbekistonda dafn etiladi