15:11 / 08.11.2016
18 211

Toshkent-Andijon va Andijon-Urganch yo‘nalishidagi poezd chiptalari bahosi qancha?

Toshkent-Andijon va Andijon-Urganch yo‘nalishidagi poezd chiptalari bahosi qancha?

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJdan xabar qilishlaricha, Toshkent-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha yangi 94/93-sonli tezyurar poezd 2016 yil 9 noyabrdan haftasiga bir marotaba harakatlanadi. Poezd Toshkentdan haftaning har chorshanba kuni soat 13:00da jo‘nab ketadi va Andijonga shu kuni soat 19:10da etib boradi. Andijondan shanba kuni soat 22:15da jo‘nab ketib, Toshkentga yakshanba kuni soat 05:15da etib keladi.

Temir yo‘l kassasi bilan bog‘lanib, mazkur yo‘nalishdagi poezdning chipta bahosini aniqlashtirdik. Bu yo‘nalish uchun kupe bahosi 73 000 so‘m. Plaskart vagon bahosi esa 51 000 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, Toshkentdan Andijonga har kuni soat 08:05da va 17:20da poezd jo‘naydi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yana bir yo‘nalishni ham yo‘lga qo‘ydi. 2016 yil 10 noyabrdan Andijon-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha yangi 393/394-sonli yo‘lovchi poezdi harakatlanishni boshlaydi. Poezd Andijondan payshanba kuni soat 08:05da jo‘naydi va Urganchga juma kuni soat 08:00da etib keladi. Urganchdan juma kuni soat 19:20da qaytadi va Andijonga shanba kuni soat 19:10da etib keladi. Mazkur yo‘nalishda bir tomonga chipta bahosi kupe uchun 161 000 so‘m, plaskart uchun esa 107 000 so‘mni tashkil etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent-Andijon va Andijon-Urganch yo‘nalishidagi poezd chiptalari bahosi qancha?