O‘zbekiston parlamentida Demokratik blok tashkil etildi

  • 14 mart 2015, 16:45
  • 8 062
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekiston parlamentida Demokratik blok tashkil etildi

    2015 yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur yig‘ilishda ikki siyosiy partiya fraksiyalari o‘rtasida “Demokratik kuchlar bloki” tuzish masalasi ko‘rib chiqilib, bu borada bitim imzolanishi haqida qaror qabul qilindi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tashabbus O‘zLiDeP partiyasining parlamentdagi fraksiyasi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Kuni kecha ikki siyosiy partiya parlament fraksiyalari “Demokratik kuchlar bloki” tuzish masalasini o‘zlarining alohida yig‘ilishlarida muhokama etgan va bugungi qo‘shma yig‘ilishda rasman qaror qabul qildilar.

    Kelgusida parlament quyi palatasidagi Xalq demokratik partiyasi va “Adolat” sosial-demokratik partiyalari fraksiyalari hamkorligida muxolifat fraksiyasi tuzilishi kutilmoqda. Bu boradagi rasmiy xabarlar kelgusi haftada ma’lum qilinadi.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston parlamentida Demokratik blok tashkil etildi