Turkiya prezidenti Rejeb Tayyip Erdo‘g‘an islom olamining buyuk muhaddisi Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi va ziyoratgohda joylashgan masjidda juma namozini o‘qidi, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
Ziyoratgohda Turkiya prezidentini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov kutib oldi.
Juma namozidan keyin Imom Moturidiy maqbarasini ham ziyorat qilgan Erdog‘an Registon maydoniga keldi. Bu erda Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarini tomosha qildi.
Shundan so‘ng Turkiya prezidenti buyuk sarkarda Amir Temur maqbarasini ziyorat qildi.
Ziyoratlarda Erdog‘anga Turkiya Bosh vaziri o‘rinbosarlari Tug‘rul Turkesh va Veysi Kaynak, Oila va ijtimoiy siyosat vaziri Fatma Betul Sayan Kaya, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak, Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Xulusi Akar va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan hamrohlik qildi.
Ziyoratlardan so‘ng Rejeb Tayyip Erdo‘g‘an Samarqand aeroportidan Turkiyaga jo‘nab ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi