11:47 / 21.11.2016
7 486

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Dasturda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov belgilab bergan davlat siyosati va taraqqiyot tamoyillarini amalga oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyoti va xalqimiz hayot darajasini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan maqsad va vazifalar o‘z ifodasini topgan. Davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash va jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, mahalliy byudjetlar daromadini ko‘paytirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholini zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tibbiy va maishiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

"Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsepsiyasini amalga oshirishni davom ettirish, jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini rivojlantirish, mahalla tuzilmasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini, odil sudlovning mustahkam kafolatini ta’minlash, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik tuyg‘usini kuchaytirish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyatning barcha shahar va tumanlari markazlaridan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi