2016 yil 21 dekabrda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida yangi shartnomalar kuchga kiradi

  • 22 noyabr 2016, 12:42
  • 4 496
  • O‘zbekiston
  • 2016 yil 21 dekabrda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida yangi shartnomalar kuchga kiradi

    21 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining Favqulodda va muxtor elchisi Mohammed Hareb Almehairbi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasida davlatlararo shartnomalar ratifikasiya yorliqlari bilan almashinish to‘g‘risida Bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bayonnoma jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida shartnomani, ushlab berish to‘g‘risidagi shartnomani, mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi sharnomani o‘z ichiga oladi.

    Mazkur shartnomalar ratifikasiya yorliqlari bilan almashilgan sanadan 30 kun o‘tib, 2016 yil 21 dekabrda kuchga kiradi, deya ma’lum qiladi TIV matbuot xizmati.

    Qayd etib o‘tilgan shartnomalarning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 2016 yil 21 dekabrda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida yangi shartnomalar kuchga kiradi