20:12 / 22.11.2016
8 247

Bu yili ko‘mirning narxi suniy oshib ketmaydimi?

Bu yili ko‘mirning narxi suniy oshib ketmaydimi?

Sovuq kunlar boshlanishi bilan qishloq axolisi uchun uyni isitish muammolari ko‘ndalang turadi. Aksiga olib ayni shu vaqtlarda ko‘mir narxin oshib ketishini kuzatish mumkin. Bu kabi muammolarni bartaraf qilish Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ko‘zda tutilmoqda. Aholiga ko‘mir etkazib berish tizimini takomillashtirish, uning narxi sun’iy ravishda oshib ketishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish borasida bir qator takliflar ilgari surilmoqda.

Xususan, ko‘mirning tannarxi va aholiga sotish narxini kamaytirish, ayniqsa, qish paytida uning bahosi oshishiga va chayqovchilikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish rejalashtirilmoqda. Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan ko‘mirni fuqarolarga belgilangan narxlar hamda me’yorlarda etkazib berish borasida muntazam monitoring olib borish, shahar va tuman hokimliklari tomonidan aholiga ajratilgan ko‘mirni sotish tartibi va narxlari to‘g‘risida mahallalarda “Iste’molchi burchak”lari tashkil qilish mo‘ljallanmoqda.

Ushbu rejalarning amalga oshishi ko‘mirni sotib olish narxlarining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaydi va bu borada aholining qonuniy manfaatlarini himoyalash imkonini yaratadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bu yili ko‘mirning narxi suniy oshib ketmaydimi?