O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun mamlakat poytaxti Toshkent shahrida uning nomidagi maydon barpo etilishi bo‘yicha tashabbuslar bildirilmoqda.
"Birinchi Prezidentimizning Vatanimiz va xalqimiz oldidagi ana shunday tarixiy xizmatlarini doimo yodimizda saqlash bizning barchamiz uchun ham qarz, ham farz. Bu ulug‘ zotning xotirasini abadiylashtirish, jumladan, poytaxtimiz Toshkent shahri markazida ulkan maydon barpo etib, muhtaram Islom Abdug‘anievichning ulug‘vor haykalini o‘rnatish haqida bugungi kunda minglab vatandoshlarimiz, keng jamoatchilik tomonidan ko‘plab murojaat va takliflar kelib tushmoqda. Ishonchim komil, bu takliflarni sizlar ham albatta qo‘llab-quvvatlaysizlar", degan O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti saylovlarida Liberal-demokratlar partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etuvchi Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi saylovchilar bilan uchrashuvi vaqtida.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?