18:15 / 25.11.2016
9 464

Toshkentda «Toshkent Siti» biznes markazi quriladi

Toshkentda «Toshkent Siti» biznes markazi quriladi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi. Nomzodning uchrashuvdagi nutqi to‘liq holda «Toshkent oqshomi» gazetasida chop etilgan. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.

Shavkat Mirziyoyev shaharni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqilganini, unda asosiy e’tibor yangi ish o‘rinlari yaratish hamda transport, uy-joy va biznes infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilishini ma’lum qildi.

Xususan, 2017 yilda poytaxtning markaziy tumanlaridan birida 70 gektar maydonga tadbirkor va banklar tomonidan 1 milliard dollar mablag‘ ajratiladigan «Toshkent Siti» biznes markazi qurilishi boshlanadi.

«Toshkent shahrining eski shahar qismidagi Zarqaynar mahallasi ko‘chalarida dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlaridagi kabi, xususiy tadbirkorlarning faoliyati va milliy me’morchilik namunalari asosida “Eski Toshkent” nomli tarixiy-madaniy va dam olish markazini tashkil etamiz.

Bu, bir tomondan, shu hududda yashaydigan aholi uchun o‘z biznesini tashkil qilishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, chet ellik mehmonlar orasida bizning an’ana va urf-odatlarimizni targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Ushbu markazdagi ob’ektlarning qurilishi xususiy tadbirkorlar tomonidan Milliy bankning imtiyozli kreditlarini jalb qilgan holda moliyalashtiriladi.

Shuningdek, 2017 yilda biz tadbirkorlar va tijorat banklarining jami 1 milliard dollargacha bo‘lgan mablag‘lari hisobiga “O‘qchi Olmazor” massivida umumiy maydoni 70 gektar bo‘lgan “Toshkent Siti” ishbilarmonlik hududini bosqichma-bosqich qurilishini boshlaymiz», degan Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda «Toshkent Siti» biznes markazi quriladi