O‘zbekiston Rossiyadan dori-darmon etkazishda ko‘mak so‘radi. O‘zbekiston asosiy dori-darmonlarga ehtiyoj sezmoqda, biroq valyuta kursidagi muammolar sababli Rossiya farmasevtik kompaniyalari O‘zbekiston bozorini egallashga hozircha tayyormaslar, deb aytmoqdalar mutaxassislar. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligining 2016 yil 10 noyabrdagi maktubida Rossiyadan dori-darmon va tibbiy buyumlar xarid qilishda yordam ko‘rsatish so‘ralgan. Ushbu maktubga 167 ta dori va 22 ta tibbiy buyum nomidan iborat ro‘yxat ilova qilingan.
Maktubda vazirlik Rossiyaning mutasaddi idoralaridan ushbu ro‘yxatni Rossiya farmasevtik kompaniyalariga topshirishni so‘ragan. Toshkentning fikricha, Rossiya kompaniyalari bu so‘rovga javob qaytarib, dori-darmonlar bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim qilishlari kerak.
O‘zbekiston valyuta konvertasiyasidagi muammolar sababli zaruriy tibbiy mahsulotlar xarid qilishda murakkabliklarga duch kelgani tufayli shunday maktub bilan murojaat qilgan, deb tushuntirmoqda Rossiya farmasevtika ishlab chiqaruvchilari uyushmasi bosh direktori Viktor Dmitriev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi