17:37 / 17.03.2015
7 219

UzMobile Ikkinchi jahon urushi faxriylariga har oyda bepul 60 daqiqa taqdim etadi

UzMobile Ikkinchi jahon urushi faxriylariga har oyda bepul 60 daqiqa taqdim etadi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining UzMobile filiali «Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturi munosabati bilan 1941−1945 yillardagi urush qatnashchilariga imtiyozlarni taqdim etadi, deb xabar bermoqda «Infocom.uz».

UzMobile abonenti bo‘lgan urush faxriylari 2015 yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shimcha 60 daqiqa bepul limitdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi (UzMobile tarmog‘i ichidagi so‘zlashuvlar ham kiradi).

Avvalroq, «O‘zbektelekom» Ikkinchi jahon urushi faxriylariga mahalliy va shaharlararo qo‘ng‘iroqlar uchun har oyda bepul 60 daqiqadan taqdim etishi xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, UzMobile 1 martdan Ikkinchi jahon urushi faxriylari uchun maxsus «Nuroniy» tarif rejasini ishga tushirgan edi.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » UzMobile Ikkinchi jahon urushi faxriylariga har oyda bepul 60 daqiqa taqdim etadi