01:43 / 27.11.2016
6 610

TeliaSonera Ucell'ni sotish uchun xaridor topa olgani yo‘q

TeliaSonera Ucell'ni sotish uchun xaridor topa olgani yo‘q

Shved-fin telekommunikasiyaviy guruhi bo‘lmish TeliaSonera O‘zbekistondagi Ucell uyali aloqa operatori aksiyalarini sotish bo‘yicha kelishuvlarga bora olgani yo‘q, deb xabar qildi kompaniya rahbari Tonu Gryunberg Toshkentda "Kelajak shu erda" nomi ostida o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida.

Shvesiyaning TeliaSonera kompaniyasi yil boshida rivojlanayotgan bozorlarni, shu jumladan O‘zbekiston bozorini ham tark etishni boshlashi haqida ovoza qilgan edi. Kompaniya o‘shanda O‘zbekistondagi aktivlarini sotuvga qo‘yishi haqida ham ma’lum qilgandi.

"Biz O‘zbekistonda bu jarayon (ulushni sotish, demoqchi, tahr.) bilan shug‘ullanmaymiz. Bu ish Stokgolmdagi ofisimiz zimmasida. Ushbu jarayon tezlashtirilmagan, qolaversa, biz ham shoshilayotganimiz yo‘q. Aytishim mumkin-ki, Ucell kompaniyasi O‘zbekistonda va shu erda faoliyat yuritishni davom ettiradi, bu shunchaki aksiyalar sotuvidir", — deya ta’kidladi Gryunberg.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » TeliaSonera Ucell'ni sotish uchun xaridor topa olgani yo‘q