O‘zbekistonda stomatologiya xizmatlarini yanada takomillashtirish borasida navbatdagi qadam tashlandi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 21 noyabrda Toshkent davlat stomatologiya institutining Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukusdagi filiallarini qayta tashkil etishga doir qaror qabul qildi. Qaror matni Lex.uz saytida e’lon qilingan.
Ular o‘rniga Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari, shuningdek, Toshkent pediatriya institutining Nukus filialida stomatologiya fakultetlari ochiladi.
Qarorda ta’kidlanishicha, hujjat stomatologiya sohasida yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, stomatolog-mutaxassislarni nazariy tayyorlash sifatini oshirish hamda ularning amaliy ko‘nikmalarini yuqori bosqichga ko‘tarish maqsadida qabul qilingan.
Endilikda, to‘rtta filialda tahsil olayotgan talabalar ta’lim shakli saqlangan holda yangi fakultetlarda o‘qishni davom ettirishadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat stomatologiya instituti 2014 yilda Toshkent Tibbiyot akademiyasi stomatologiya fakulteti negizida tashkil etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring